O'zbekiston

Anqarada Turkiy dunyo adiblarining 5-anjumani bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi anjuman ikki yildan so‘ng O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Anqarada Turkiy dunyo adiblarining 5-anjumani bo‘lib o‘tdi

 

Turkiya poytaxti – Anqara shahrida Turkiy dunyo adiblarining 5-anjumani bo‘lib o‘tdi

 

Tadbirda ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasining 100 yilligi munosabati bilan turkiy tilda ijod qilayotgan 100 nafar shoir, yozuvchi, adabiyotshunos taklif etilgan ekan. Ushbu ijodiy-amaliy qurultoy Adabiyot va sanʼat asarlari mualliflari uyushmasi – ILESAM tomonidan amalga oshirildi. Ushbu tashkilot Turkiya Vazirlar Kengashi tomonidan tashkil etilgan. U adabiyot, sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan yozuvchi, shoir va olimlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish hamda targ‘iboti bilan shug‘ullanadi. Uyushma Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda ishlaydi. Uning 3500 dan ortiq aʼzosi bor.

 

ILESAM Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi homiyligida tayyorlagan Turkiy dunyo adiblarining 5-anjumani loyihasida Ozarbayjon xalq yozuvchisi Onor, Qozog‘iston xalq shoiri Ulug‘bek Yesdaulet, Qirg‘iz xalq shoiri Xo‘jageldi Kultegin, turkiyalik yozuvchi Yoqub Umar o‘g‘li, makedoniyalik shoira Leyla Sharif, eronlik shoira va tarjimon Rukai Kabir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir G‘ayrat Majid kabi taniqli ijodkorlar ishtirok etdi.

 

Anqara Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan ijodiy-amaliy anjuman ishtirokchilari besh guruhga bo‘linib, besh xil mavzuda ish olib bordi. Bular quyidagilar:

 

  1. Turkiy dunyoda umumiy til va alifbo: muammolar va yutuqlar;

  2. Turkiy dunyo taʼlimi, madaniyati, sanʼati va adabiyotidagi birlik va hamjihatlik: faoliyat va takliflar;

  3. Turkiy dunyo adabiyot va sanʼatida mualliflik huquqi muammolari va ko‘chirmakashlikka qarshi kurash choralari;

  4. Kitob va kitobxonlik madaniyati, umumiy tildagi nashrlar va tarjima muammolari;

  5. Umumturkiy adabiyot, qiyosiy adabiyot, adabiy janrlar targ‘iboti va ijodkor va adabiyotshunoslarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi.

 

ILESAM hamda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi, TIKA (Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi), YTB (Xorijdagi turkiy qardosh jamiyati), AYK (Otaturk nomidagi oliy madaniyat, til va tarix instituti), Turkiya tarix instituti, Turk tili instituti, TURKSOY kabi tashkilotlar hamkorligida o‘tgan Turkiy dunyo adiblarining 5-anjumani taassurotlarga boy bo‘ldi.

 

Turkiy dunyo adiblarining 5-anjumani taklifi bilan navbatdagi tadbir ikki yildan so‘ng O‘zbekistonda – Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak — Saida Mirziyoyeva

Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududida ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"