Farg‘onada fuqaro 1 mlrdlik gazni o‘g‘rincha ishlatgani aniqlandi
Hozirda holat yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro R.Yu. ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, jami 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







