Urganch shahriga yangi hokim tayinlandi
U tayinlovga qadar ichki ishlar tizimida faoliyat yuritgan.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Bunyod Rajabov Urganch hokimi bo‘ldi.
Xorazm viloyati Urganch shahriga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bunyod Madrimovich Rajabov xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bunyod Rajabov tayinlovga qadar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.







