O'zbekiston

So‘nggi 10 kunda energetika sohasida davlatga 14 mlrd zarar yetkazildi

Joylarda gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

So‘nggi 10 kunda energetika sohasida davlatga 14 mlrd zarar yetkazildi

So‘nggi 10 kunda ayrim isteʼmolchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 14 mlrd 898 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

 

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya», Bosh prokuratura, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda noyabr oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 1 ming 185 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

 

Bunda 11 mlrd 338 mln so‘mlik elektr energiyasi va 3 mlrd 560 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga keltirilgan jami 14 mlrd 898 mln so‘mlik zarar undirishga qaratildi.

 

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi — Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

So‘nggi 10 kunda energetika sohasida davlatga 14 mlrd zarar yetkazildi | Zamon.uz