O'zbekiston

8 yilda sog‘lom va unumdor yerlar — taxminan O‘rta Osiyo hajmiga teng maydon yo‘qolgan

Bu haqda BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau Samarqandda o‘tayotgan xalqaro tadbirda maʼlum qildi.

8 yilda sog‘lom va unumdor yerlar — taxminan O‘rta Osiyo hajmiga teng maydon yo‘qolgan

 

Bugundan “Silk Road Samarkand” kongress markazida BMT konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi boshlandi.

 

Tadbirda 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqidan 500 ga yaqin delegatlar, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda. Ular Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo‘lidagi taraqqiyotni ko‘rib chiqadilar. UNCCD imzolanganidan beri birinchi marta uning eng muhim yig‘ilishlaridan biri Markaziy Osiyoda o‘tkazilmoqda.

 

CRIC-21 ishtirokchilari BMTning 2018–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha global maqsadlarga erishish bo‘yicha taraqqiyotni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Tadbirning 1-kuni doirasida, 13 noyabr kuni birinchi yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. Unda CRIC-21 raisi, UNCCD ijrochi kotibi Ibrohim Tiau, Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narboyeva va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov nutq so‘zladi.

 

“Dunyo bo‘ylab biz kuzatayotgan qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va jazirama to‘lqinlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan iqlim va tabiat inqirozlarining alomatlaridir. 2015 yildan beri taxminan 4 million kvadrat km sog‘lom va unumdor yerlar — taxminan O‘rta Osiyo hajmiga teng maydon yo‘qolgan. 2030-yilga borib yerdan foydalanish bo‘yicha global maqsadlarga erishish uchun yerning keyingi degradatsiyasini zudlik bilan to‘xtatishimiz va kamida 1 milliard gektar maydonni tiklashimiz kerak”, — dedi BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau.

 

Ushbu yig‘ilish juda muhim vaqtda bo‘lib o‘tmoqda, chunki UNCCD tomonidan taqdim etilgan so‘nggi maʼlumotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi sog‘lom va unumdor yerlarning yillik yo‘qotilishi taxminan 100 million gektarni tashkil qiladi. Mavjud tendensiyalar davom etsa, 2030-yilga borib dunyoda yer degradatsiyasining neytralligiga erishish uchun 1,5 milliard gektar maydonni tiklash kerak bo‘ladi. Biroq, qo‘shimcha tanazzulni to‘xtatish va mavjud majburiyatlarning bajarilishini tezlashtirish belgilangan maqsadlardan oshib ketishi mumkin.

 

“Dunyo uch tomonlama global inqiroz bilan kurashayotgan bir paytda yerga bo‘lgan munosabatlarimizni qayta ko‘rib chiqish dolzarb masaladir. Yerlarimizni sog‘lom saqlash iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashish borasidagi saʼy-harakatlarimizda ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.

 

CRIC-21 ko‘rgazmasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi bejiz emas, chunki u yer degradatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini — qurg‘oqchilik, qum va chang bo‘ronlaridan tortib qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi va biologik xilma-xillikni yo‘qotishgacha boshdan kechirayotgan eng zaif mamlakatlardan biri misolidir.

 

Asrlar davomida o‘zbeklar anʼanaviy ravishda dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan, shu bois yer tarixda eng muhim tirikchilik manbai hisoblangan. Binobarin, bu muhim tirikchilik manbaini jiddiy tahdid ostida ko‘rish xavotir uyg‘otadi va aniq chora-tadbirlar ko‘rish zarurligidan dalolat beradi.

 

Iqlim o‘zgarishi va inson faoliyati tufayli ko‘plab muammolarga duch kelsak-da, biz ularni yer va umuman tabiat bilan munosabatlarimizni chinakam qayta ko‘rib chiqish imkoniyati sifatida ko‘ramiz. Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlari kun tartibi O‘zbekiston hukumatining eng muhim strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini mamnuniyat bilan maʼlum qilmoqchiman. Biz yer degradatsiyasining neytralligiga erishishga intilamiz va bu borada dastlabki natijalarni ko‘ryapmiz”, — dedi Aziz Abduhakimov.

 

Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

8 yilda sog‘lom va unumdor yerlar — taxminan O‘rta Osiyo hajmiga teng maydon yo‘qolgan | Zamon.uz