Metroda yana nosozlik: yo‘lovchilar bu gal toksiz vagonda qolib ketdi
Toshkent metropoliteni" holatga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda metroda nosozlik kuzatilgani va yo‘lovchilar toksiz vagonda qolib ketgani haqida videoxabarlar tarqaldi. Toshkent metropoliteni" holatga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun soat taxminan 09:15 lar atrofida O‘zbekiston yo‘nalishining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.
"Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi 39-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda", — deyiladi xabarda.







