Toshkentda mayning firma 540 mln so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangani fosh bo‘ldi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. o‘z uyida 94 ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







