“Dom”larda tokni tejashning yangi usuli sinab ko‘rildi
Natijada 58,9 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilingan.

4 656 ta ko‘p qavatli uy kirish yo‘laklariga 49,1 mingta harakat datchikli lampa o‘rnatilishi natijasida bir sutkada 58,9 ming kVt soat elektr energiyasi tejab qolindi.
2023/2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublikadagi 5 593 ta ko‘p kvartirali uyni taʼmirlash rejalashtirilgan;
Taʼmirlash ishlariga jami 280,5 mlrd so‘m (shundan, 182.8 mlrd so‘m respublika va mahalliy byudjet, 73,4 mlrd so‘m boshqaruv tashkilotlari, 24,2 mlrd so‘m homiylik) mablag‘lar ajratilishi belgilab olingan;
2 000 ta uyning 932 ming metr kvadrat tom qismi, 4 777 ta kirish yo‘laklari, 2 797 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 1 599 ta uyning yerto‘la muhandislik kommunikatsiyalari, 1 228 ta ko‘p kvartirali uyning fasad qismini taʼmirlash hamda podyezdlarga 1 632 ta kodli qulfli eshiklar, 5 811 metr kvadrat framuga romlari va 2 898 ta energiya tejamkor sensor lampalar o‘rnatish rejalashtirilgan;
Hozirgi kunga qadar 5 531 ta taʼmirtalab ko‘p qavatli uylar taʼmirlandi. 1 997 ta uyning tom qismi, 4 747 ta kirish yo‘laklari, 2 681 ta elektr qutilari, 1 583 ta yerto‘la qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlandi;
Ishchi guruh tomonidan 2023 yilning 13 oktyabr – 9 noyabr kunlari Toshkent shahar 12 ta tumanining 578 ta mahallasida 48 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etgan holda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlar holati “mahallabay” o‘rganildi;
Shuningdek, 6 317 ta ko‘p qavatli uy, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda aniqlangan 11 406 ta muammoli masalalar bartaraf etildi.







