O'zbekiston

“Koinotdagi kichik bir o‘zgarish yerdagi yirik global o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin”

Samarqandda olimlarning cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Koinotdagi kichik bir o‘zgarish yerdagi yirik global o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin”

Ayni kunlarda Samarqand shahri BMT Konvensiyasi ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda. Kecha mazkur sessiya o‘z ishini boshlagandi. Bugun ham bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Xususan, kunning birinchi qismida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro ilmiy anjuman bo‘ldi.

 

Unda bir qator masalalar muhokama qilindi. Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti professori Shuhrat Murodov bilan mazkur ilmiy anjumanning ahamiyati va cho‘llanishga qarshi joriy etilishi kutilayotgan texnologiyalar hamda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida suhbatlashdik.

 

—Ushbu xalqaro ilmiy anjumanning ahamiyatli tomoni nimadan iborat?

 

—Bugungi xalqaro anjumanga ko‘plab ishtirokchilar nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi, balki butun dunyoda kuzatilayotgan ekologik muammo sabab yig‘ilishgan. Qariyb 200 ga yaqin davlatdan vakillar o‘zlarining bir qator rejalari bilan kelishgan. Asosiy eʼtibor esa cho‘llanish va u keltirib chiqarayotgan muammolarga qaratilgan. Juda ko‘plab davlat olimlari qatori o‘zbekistonlik olimlar ham bu bo‘yicha anchagina ilmiy ishlar qilishgan, nazariyalar yaratilgan. Biroq bugungi kunda masalaga amaliy yondashuv jarayoni kechmoqda. Shu sababdan biz endi nazariyadan amaliy ishlarga o‘tishimiz lozim. Hozirgi anjumanda ham o‘zimizning qator takliflarimizni ilgari surdik. Birinchidan, respublikadagi har bir hududning ekologik sharoitini bilish kerak. Bu mazkur hududlarda suv bilan bog‘liq vaziyat qanday ekanligini bilish imkonini beradi. Chunki suv cho‘llanishga qarshi kurashda eng katta indikator. Bugungi kunda yerosti suvlari juda ham pastga tushib ketgan. Sababi juda ko‘p miqdordagi shu turdagi suvlar ham so‘g‘orishlarga ishlatilmoqda. Bu holatlarning oldini olish vaqti keldi. Yerosti va yerusti suvlarini tartibga soladigan mexanizmlar ustida ishlash lozim. Bundan tashqari, suvlarning sho‘rlanish darajasi so‘nggi vaqtlarda juda ham oshdi. Bunga yechim sifatida sho‘r suvlarni sho‘rsizlantirish texnologiyasini joriy etish kerak. Hozirda bu bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz. Endilikda sanoat korxonalarida sho‘rsizlantirilgan suvlardan foydalanishni amalga joriy etmoqchimiz. Shuningdek, yaqin yillar ichida sho‘r yerlarning o‘rnida sho‘rxok yerlar yuzaga keldi. Sho‘rxok yerlar sulfat va xlor kabi sho‘r tuzlar kamayib ketishi natijasida uning o‘rnida gidrokarbonad, kalsiy, magniy, kaliy va natriylar paydo bo‘ldi. Sho‘rxok yerlarning paydo bo‘lishi hududdagi ekologik muhitga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi.

 

—Ishlab chiqilayotgan ilmiy nazariyalar ekologik muammolarga qanchalik yechim bo‘ladi deb o‘ylaysiz?

 

— Barchaga maʼlum, birgina “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish juda katta mehnatni talab qiladi. Daraxt ekish esa o‘ziga xos ekotizimni saqlash imkonini beradi. Bundan keyin ham shunga o‘xshash ilmiy loyihalarni amalga oshirsak, ekologik muammolarga oz bo‘lsada yechim bergan bo‘lamiz. Biroq mavjud loyihalarni ham amalga joriy qilish oson ish emas. Xorijliklar ham ko‘plab nazariyalar yaratilgani, ammo ularni joriy etish uchun katta miqdorda pul kerak ekanligini aytishmoqda. Yurtimizda ham aynan shu kabi muammolar mavjud. Biroq bugungi kunda hukumatimiz tomonidan bir qator grantlar ajratilib, sohada kichik-kichik texnologiyalar joriy qilinmoqda.

 

—Anjumanda ilgari surilgan takliflar O‘zbekiston uchun qanchalik muhim?

 

—Xabaringiz bor, ayni vaqtda yurtimizda ekinlarni tomchilab sug‘orishga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu esa suvdan keraksiz foydalanishni bir necha baravarga kamaytiradi. Biroq tomchilab sug‘orishda parlanish katta. Chang-to‘zon va parlanishni kamaytirish hamda yerning unumdorligini oshirish uchun o‘zimizdagi mavjud tabiiy minerallardan foydalanish lozim. Aynan yerlarni tomchilab sug‘orishda ham bir qator ilmiy ishlarni amalga oshirish talab qilinmoqda. Bugungi anjumanda ham shu masala o‘rtaga qo‘yildi. Anjumanda yurtimizdagi sho‘rxok yerlarga qanday o‘simliklarni o‘tqazish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu bo‘yicha xorijiy delegatlarning taklif va tavsiyalari tinglandi. Shu sababdan ham ular mana shunday yerlarga moslashgan bir qancha o‘simliklarni aytib o‘tishdi. Bundan tashqari, ular suv tejovchi va chang-to‘zonga qarshi texnologiyalarni kengroq joriy etish masalasini ilgari surishdi. Bular biz uchun juda ham muhim. Ular kichik ekologik hududlarni batafsil o‘rganish taklifini berishmoqda. Bu fikrga men ham qo‘shilaman. Misol uchun, Qashqadaryoda 200 ta agro hudud bor. Birinchi navbatda har bir agro-hududni o‘rganish kerak va u yerning muammosini aniqlagandan keyin chet ellik hamkorlar bilan amaliy yechimlar izlash lozim. Hozirda xorijliklar bilan samarali texnologiyani joriy etish masalasi kun tartibining muhim masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Shu o‘rinda o‘zimning ham bir qator fikrlarimni bildirib o‘tsam, bugungi kunda nafaqat antropogen va texnogen omillarni, balki kosmik omillarni ham o‘rganish lozim. Afsuski, anjumanda bunga eʼtibor qaratishmadi. Ekologiyaga kosmosni taʼsiri antropogen va texnogen taʼsirdan o‘n marta ko‘p. Iqlim o‘zgarishi bu - davr. Metagalaktikalarning bir-biriga taʼsiri bor. Koinotdagi kichik bir o‘zgarish yerdagi yirik global o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Jamshidbek Amirov suhbatlashdi

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Koinotdagi kichik bir o‘zgarish yerdagi yirik global o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin” | Zamon.uz