O‘zbekistonga Rossiya biznesmenlari delegatsiyasi keladi
Tashriflar ertaga hamda 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ertaga Rossiya Federatsiyasining Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Delegatsiya tarkibiga yigirmadan ortiq turli ixtisoslikdagi korxonalar kiradi.
“Viloyatda IT, yog‘ochni qayta ishlash, yengil sanoat, olmos qazib olish va metall buyumlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etadi va o‘zbekistonlik salohiyatli hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi”, — deyiladi xabarda.
Uch kunlik tashrif doirasida 17 noyabr kuni Arxangelsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Rossiyaning Kaluga viloyatining oziq-ovqat sanoati, metall konstruksiyalari, vibropresslar ishlab chiqarish va sanoatning turli yo‘nalishlarida loyihalash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari O‘zbekistonga biznes missiyasi bilan keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.
Delegatsiya tarkibiga hududdagi to‘rtta yetakchi korxona kiradi:
"Partner M" AJ - oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, shu jumladan vegan mahsulotlar sohasi uchun;
“ETEK” MCHJ - plastmassa buyumlari, metall konstruksiyalar, maxsus uskunalar, shu jumladan suv taʼminoti va kanalizatsiya uchun uskunalar ishlab chiqarish;
"KZMI SNAB" MCHJ - palletli invertorlar, gidravlik ko‘tarish stollari, vibropresslar va konveyer uskunalari ishlab chiqarish;
"Obninsk Stal Proyekt" MCHJ - turli sanoat tarmoqlarida loyihalash.
Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.







