O'zbekiston

“Markaziy Osiyo va Xitoy atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi”

Samarqandda qum bo‘ronlari muammosi muhokama qilindi.

“Markaziy Osiyo va Xitoy atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi”

Bugun BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21 UNCCD) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida “Silk Road Samarkand” kongress zalida yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Cent-Luis Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq taraqqiyoti vaziri Alfred Prosper, UNCCD COP15 raisi Alen-Rishar Donvai, Saudiya Arabistoni Qirolligi atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari, UNCCD COP 16 yangi raisi Usama Ibrohim Faqih, UNCCD ijrochi kotibi Ibrohim Tiau, IHT Bosh kotibi o‘rinbosari Huseyn Avni Bijakli va xorijiy delegatlar vakillari ishtirok etdi.

 

“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir. Chunki mamlakat hududining katta qismi dasht va cho‘llardan iborat. Ushbu muammolarni hal qilish uchun barcha darajalarda kompleks chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Bu masalani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan nazorat qilib bormoqda, — dedi Aziz Abduhakimov o‘z nutqida. — Markaziy Osiyo mamlakatlari atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlari bilan biz samarali platforma yaratdik. Messenjerda dolzarb masalalarni muhokama qilamiz, fikr almashamiz. Bugun men ushbu platformani kengaytirish va qo‘shni hududlardagi siyosatchilarning keng doirasini birlashtirishni taklif qilaman”.

 

Oliy darajadagi tadbir doirasida turli mamlakatlar vazirlari va atrof-muhit sohasidagi yetakchilarning uchrashuvi hamda hukumatlar, BMT agentliklari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida interaktiv muloqot bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar qisqa muhokama va maʼruzachilarga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

“Qum va changdan iborat qora bulutlarning yopirilib kelishi, yo‘lidagi hamma narsani yutib yuborayotgani va kunning tunga aylanishi tabiatdagi eng hayratlanarli manzaralardan biridir. Bu Shimoliy va Markaziy Osiyodan Afrikaning janubi-g‘arbiy qismigacha bo‘lgan hamma joyda tartibsizlikni keltirib chiqarayotgan xavfli hodisadir, — dedi BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau. — Qum va chang bo‘ronlari barqaror rivojlanishga erishish uchun katta muammo tug‘dirmoqda. Biroq, bu xavfni yana-da og‘irlashtirish ham, bartaraf etish ham insonlarning qo‘lida”.

 

O‘z navbatida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Bahriddin Nishonov havo ifloslanishini monitoring qilishning zamonaviy tizimlari muhim ekanligini taʼkidladi.

 

“Tadqiqotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Xitoy atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyo miqyosida (Sahroyi Kabir cho‘lidan keyin) ikkinchi o‘rinda turadi – bu umumiy miqdorning taxminan 20 foiziga teng. O‘zbekistonda shahar va aholi punktlarining atmosfera havosidagi chang va mayda dispers zarrachalarning ko‘rish diapazoni va konsentratsiyasini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi avtomatik meteorologik stansiyalar va havoning ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalar o‘rnatilgan. Chang va qum bo‘ronlarini kuzatish va prognoz qilish imkoniyatlarini kuchaytirish ushbu hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi", — dedi u.

 

Taʼkidlash joizki, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasiga (UNCCD) ko‘ra, qum va chang bo‘ronlari yetarlicha eʼtibor berilmagan muammo bo‘lib, hozirda dunyoning baʼzi joylarida “sezilarli darajada” keng tarqalgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Markaziy Osiyo va Xitoy atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi” | Zamon.uz