Toshkentda ayrim ko‘chalar 2 kunga yopiladi
Poytaxtda xalqaro marafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

19-noyabr kuni Davlat bayrog‘i kuni va Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” hamda «Ekiden» xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar munosabati bilan poytaxtning bir necha ko‘chalari vaqtincha yopiladi.
Harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati:
2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19 noyabr kuni soat 12:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari.
"Noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz", - deyiladi xabarda.







