Bir yilda Shimoliy Amerikada giyohvand moddalar bilan bog‘liq 90 mingga yaqin o‘lim qayd etilgan
AQSH va Xitoy narkotrafikka qarshi birgalikda kurashadi.

AQSH va Xitoy narkotrafikka qarshi birgalikda kurashadi.
Bu haqda 16 noyabr, payshanba kuni San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida ikki davlat rahbarlari Jo Bayden va Si Jinping kelishib oldi.
Oq uydagi manbalar Xitoy va Qo‘shma Shtatlar sintetik fentanil giyohvandlik moddasining noqonuniy ishlab chiqarilishi va savdosiga chek qo‘yish uchun birgalikda harakat qilishini muhim deb atadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi yaqinda eʼlon qilingan hisobotida taʼkidlanishicha, 2021 yilda Shimoliy Amerikada giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborish bilan bog‘liq 90 000 ga yaqin o‘lim qayd etilgan va u o‘sib bormoqda.







