O'zbekiston

O‘zbekiston deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emas — Bobur Bekmurodov

Rossiyalik deputat rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan odamlarni ish bilan taʼminlashni cheklashni taklif qildi. Alisher Qodirov va Bobur Bekmurodov bunga javob qaytardi.

O‘zbekiston deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emas — Bobur Bekmurodov

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov va “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Davlat Dumasi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga javob qaytardi.

 

Davlat Dumasi raisining o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Federatsiya Kengashidagi tinglovda postsovet hududidagi mamlakatlarda rus tilini o‘qitish masalasini ko‘tarib, respublikalarda ingliz tilini o‘rganishga ustunlik berilayotgani, rus tilini milliy tillar bilan siqib chiqarishga harakat qilinayotganini taʼkidlagan.

 

"Rus tilisiz Rossiya bo‘lmaydi, mamlakatimiz mavjudligining maʼnosi yo‘q, xalqimizda asrlar davomida shakllangan tushunchalarning butun turkumi yo‘q", — dedi Davlat Dumasi raisining o‘rinbosari.

 

Qolaversa, xorijliklarning Rossiyada xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashini taqiqlash orqali bu holatga qonunchilik taʼsirini o‘tkazish mumkinligini bildirdi.

 

“Agar rus tili davlat tili bo‘lmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari bizning jamoat joylarida — haydovchi, sotuvchi, kuryer bo‘lib ishlamasligi kerak. Bunday chora-tadbirlar asta-sekin vaziyatni to‘g‘rilaydi”, — deydi Pyotr Tolstoy.

 

Yuqorida qayd etilgan fikrlar tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Natijada “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov Tolstoyning o‘zi ishlashni o‘rganishini, bu rus tiliga qachonlardir haqiqiy hurmat paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidladi.

 

"O‘zbek tilini bilmaydigan xizmatchilarni ishdan haydashni taklif qilishimiz kerak(mi?) Biz boshqa yо'ldan boramiz — ularga o‘zbek tilini o‘rgatamiz", — deb yozadi Alisher Qodirov.

 

Shuningdek, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov ham o‘zining Telegram kanalida O‘zbekiston Deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emasligi, u o‘z mamlakati va fuqarolari muammolari bilan shug‘ullanishi kerakligini bildirdi.

 

“O‘zbekistonda rus tili erkin muloqot tili. Biz ittifoqchi mamlakat maqomiga mos ishlayapmiz. Deputat Tolstoy esa yo‘q. Janob Tolstoy, Vatandoshlarimiz Rossiyada o‘z mehnati uchun hukumatingiz belgilagan to‘lovlarni to‘lamoqda. Ularning oilalariga yuborayotgan pulini taqsimlash sizning vakolatingizga kirmaydi.

 

Rus tilida so‘zlashuvchi vatandoshlarimiz haqida esa o‘zimiz qayg‘uramiz, — deydi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emas — Bobur Bekmurodov | Zamon.uz