O'zbekiston

Andijonlik o‘qituvchi o‘z maoshidan o‘quvchilarga stipendiya tarqatdi

30 yillik tajribaga ega Yorqinoy Mamatisaqova o‘quvchilarini ruhlantirishning o‘zgacha usulini qo‘lladi.

Andijonlik o‘qituvchi o‘z maoshidan o‘quvchilarga stipendiya tarqatdi

 

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabida 30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan o‘quvchilarga saboq berib kelayotgan Yorqinoy Mamatisaqova o‘quvchilarini ruhlantirishning o‘zgacha usulini qo‘lladi.

 

Doim o‘z ustida ishlab, o‘quvchilarini o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish yo‘lida izlanadigan o‘qituvchi internetda xorijlik pedagoglar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yaxshi tajribadan xabar topdi va bu tajribani o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 10-"B" sinfida qo‘llab ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.

 

 

Fidoyi pedagog 1-chorak yakuni bo‘yicha 4 nafar aʼlochi o‘quvchini aniqlab, ularga "Ustoz stipendiyasi" berishni yo‘lga qo‘ydi. Eʼtiborlisi, mazkur stipendiyani sinf rahbarligi uchun to‘lanayotgan maoshidan ajratdi. Yana 12 nafar aʼlochi o‘quvchilarini taqdirlab, kelgusida boshqa o‘quvchilarning ham yaxshi o‘qishi uchun motivatsiya bera boshladi.

 

"II chorakdan stipendiya olish uchun ko‘p o‘quvchilarim harakat qilmoqchi. Bir oyda sinf rahbarlik uchun oladigan maoshim o‘quvilarimga ketsa ham ularni rag‘batlantirishdan zavqlanaman. Boisi, bu stipendiyani joriy qilganimdan so‘ng o‘quvchilarimning ota-onasi qo‘ng‘iroq qilib, rahmat aytishdi. Farzandi uyga pul solingan konvertni ochmay olib borib, ota-onasiga berganini quvonch bilan gapirishdi. Oila davrasida ochilgan konvertni uy to‘riga qo‘yib qo‘yishibdi. O‘quvchilarim ko‘zidagi quvonch menga u olayotgan maoshimdan ko‘ra ko‘proq huzur berdi", — deydi o‘qituvchi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonlik o‘qituvchi o‘z maoshidan o‘quvchilarga stipendiya tarqatdi | Zamon.uz