Bolgariyada futbol muxlislari tartibsizlik keltirib chiqardi
Namoyishlar Bolgariya-Vengriya o‘yini oldidan boshlangan.

Bolgariya poytaxti Sofiyadagi tartibsizliklar oqibatida kamida 14 kishi jarohat oldi. Bir necha kishining ahvoli og‘ir.
Bolgariya va Vengriya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini arafasida shaharda norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar politsiyaga tosh otdi, axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, do‘kon oynalarini sindirdi. Ular Bolgariya futbol ittifoqi rahbariyatining isteʼfosini talab qilishdi.
Voqea joyiga tez yordam va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Politsiya futbol muxlislariga qarshi qalampir gazi va suv purkagichlardan foydalangan. Bir necha kishi yaralangan, hibsga olinganlar ham bor. Ayni damda shahardagi vaziyat huquq-tartibot idoralari xodimlari nazoratida.







