O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar - Yangi O‘zbekiston mahsuli

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Termiz shahrida barpo etilgan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar - Yangi O‘zbekiston mahsuli

 

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 21-apreldagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning barcha hududlarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilmoqda. Bu ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun zamin bo‘lmoqda.

 

Termiz shahrining Tinchlik mahallasi hududida ham shunday sharoit tashkil etildi. 2 gektar maydondagi binolarda jami 42 ta loyiha joylashtirildi. Ular qurilish materiallari, kimyo va neft-kimyo, mebelsozlik, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoatiga taalluqli. Binolarni xarid qilish, uskunalar olib kelish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali ajratiladi. Barcha korxonalar ishga tushgach, 500 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

 

Davlatimiz rahbari bu yerda joylashtirilgan korxonalar mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi. Ulardan biri anor sharbatini qadoqlab, qo‘shni davlatlarga eksport qilmoqda. Yana biri kiyim va gilam to‘qishni yo‘lga qo‘yib, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan.

 

Prezident bunday sanoat zonalarini viloyatning har bir tumanida barpo etish, mahallalarda hunarmandchilik, kasanachilikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Ikki yillik tajribadan kelib chiqib, Surxondaryoda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilish, bunga 50 million dollar mablag‘ ajratish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

 

- Bugungi tadbirkor yoshlar - Yangi O‘zbekiston mahsuli. Ularning bilimi ham, intilishi ham yangicha. Shuning uchun sanoat zonalarini yoshlarning o‘ziga berish kerak. Bu tumanlar uchun tayyor «loyihalar fabrikasi» bo‘ladi. Mutasaddilar faqat korxonalarni innovatsiyaga o‘tkazishga, bozorga chiqishga ko‘maklashishi kerak. Bunda asosiysi - tannarx, sifat, raqobat, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shuningdek, bu viloyat yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, lekin ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanib qolgani qayd etildi. Shu bois Surxondaryo yoshlarini sportga jalb qilish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi. Bu maqsadlarga 30 milliard so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. “Uchqizil” suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi tashkil qilinadi.

 

Shu yerda mahalliy sanoat mahsulotlari namoyish etildi, investisiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Surxondaryo viloyatida umumiy qiymati 4 milliard 600 million dollarlik 82 ta investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning 4 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyadir. Energetika, kimyo, tog‘-kon, qurilish materiallari, to‘qimachilik va boshqa sanoat tarmoqlaridagi bu loyihalarda qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar, o‘n minglab ish o‘rni yaratiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi tadbirkor yoshlar - Yangi O‘zbekiston mahsuli | Zamon.uz