Jahon

Yevropa ishchi kuchisiz qolishi mumkin

Yechim: migrantlarni qabul qilish.

Yevropa ishchi kuchisiz qolishi mumkin

Bryussel qonuniy migrantlarga ish topib beruvchi internet platforma yaratmoqchi. Bu Yevroittifoq mehnat bozorini to‘ldirishga ham xizmat qiladi. Ayni paytda Yevropa aholining tez qarishidan aziyat chekmoqda.

 

Bundan tashqari, yangi tizim kontrabandachilarga pul to‘lab, hayotini xavfga qo‘yib keluvchi noqonuniy migrantlar o‘rnini qonuniylari egallashiga ham sabab bo‘lishi kutilmoqda.

 

Ilva Yuxansson, ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissar:

 

- Bugun Yevroittifoqda uchinchi davlatlardan kelgan qariyb 10 mln aholi ish bilan taxminlangan. Bu ishchi kuchisiz bizning hayotimiz to‘xtab qolgan bo‘lar edi. Ular iqtisodiyotimiz va xizmat ko‘rsatish sohasi uchun kerakli kadrlardir. Demografiyaga qaraydigan bo‘lsak, 2030 yilgacha bizga yana 7 mln ishchi kerak bo‘ladi. Hozirgi demografik tendensiya shunaqa.

 

Yangi onlayn-platforma yordamida qonuniy migrantlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishi yoki malakasini oshirishi mumkin.

 

Margaritis Sxinas, Yevrokomissiya vitse-raisi:

 

- Biz YEI ichida ham foydalanilmagan ishchi potensiali borligini unutmasligimiz kerak. Ammo bu ham yetarli emas. Yevropa iqtidor egalari uchun global poygaga kirishgsn. Biz inson omili uchun kuchli raqobatchilar bilan kurashmoqdamiz. Bular AQSH, Kanada, Yangi Zellandiya va Avstraliyadir. Ularga ishchi bo‘lib borish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llar allaqachon mavjud.

 

Bryussel YEI aʼzolarini chet ellik qo‘llar va miyalardan samarali foydalanish, chet eltdiplomlarini tan olish, ishga kirishdagi byurokratik jarayonlarni qisqartirish, irqchilik va boshqa har qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirmoqda.

 

"Yevropa kirib bo‘lmas qalʼa bo‘lmasligi kerak. Biz soddalashtirilgan biznesga ochiq bo‘lishimiz lozim", - deydi Sxinas.

 

"YEI iqtidorlari puli" nomli loyiha ish izlayogan migrantlarni birlashtiruvchi platforma bo‘lishi aytilmoqda. Bu siyosatga qo‘shilish aʼzo davlatlar ixtiyorida qoladi. Ammo Bryussel professional taʼlimni va malaka oshirishni moliyalashtirish kabi choralar poytaxtlarni dasturda qatnashishga chorlashidan umid qilmoqda.

 

Platforma YEI davlatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini bir yerga jamlagan EURES maydoni asosida tuziladi.

 

Yevrokomissiya ogohlantirishicha, "bebi-bumerlar" nafaqaga chiqishi va mehnatga layoqatli aholining kamayishi ishchi kuchi yetishmovchiligiga olib keladi. Bu esa iqtisodiyotga katta zarba bo‘ladi. YEIning ijro organlari hozirdanoq vahimaga tushgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevropa ishchi kuchisiz qolishi mumkin | Zamon.uz