Salomatlik

Ko‘z xiralashishi qaysi kasallikning alomati ekanini bilasizmi?

Bugun jismoniy faollikning susayishi, kamharakatlilik dunyo aholisi orasida jiddiy muammoga aylangan.

Ko‘z xiralashishi qaysi kasallikning alomati ekanini bilasizmi?

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, har yili Yer yuzida kamharakatlikdan 5 milliondan ortiq odam hayotdan ko‘z yumadi. Qolaversa, kun davomida ofisda o‘tirib ishlash va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanmaslik organizmda turli kasalliklarning rivojlanishiga zamin yaratadi. Ulardan biri bo‘yin osteoxondrozidir. 

 

— Ushbu xastalik bugun dunyoda eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan biri, — deydi oliy toifali shifokor Raʼno Nosirova. — Osteoxondroz umurtqalar, ularning tog‘aysimon disklari va boylamlarini degenerativ-distrofik o‘zgarishlari bo‘lib, joylashuviga ko‘ra bo‘yin, ko‘krak va bel-chanoq turlari farqlanadi.

Bo‘yin osteoxondrozi, asosan, 35 yoshdan oshgan insonlarda kuzatiladi. Bilamizki, bo‘yin umurtqa pog‘onasining eng harakatchan qismi. Undan bir qancha asab tomirlari va umurtqa arteriyasi o‘tadi. Uning vazifasi orqa miya qon tomirlari va uzunchoq miyani qon bilan taʼminlashdan iborat.

Agar osteoxondroz sababli umurtqa arteriyasi bosilsa, bemorda bel va bosh miya ishemiyasi kuzatilishi ehtimoli bor. Shu sababli ushbu kasallikka eʼtiborsiz bo‘lish yaramaydi.

Bo‘yin osteoxondrozi bor insonda bosh sohasida kuchli va davomli og‘riq, bosh aylanishi, ko‘z xiralashishi, qo‘l barmoqlarida sanchiqlar, stenokardiyaga o‘xshash, ammo bir necha soat davom etadigan yurak sohasidagi og‘riqlar, eshitish qobiliyatining pasayishi, tilning karaxt bo‘lishi, holsizlik, hansirash, arterial qon bosimining o‘ynashi kabi belgilar kuzatilishi mumkin. Mazkur simptomlar arteriyaning shikastlanganidan dalolat beradi.

Bu kasallikni uy sharoitida davolash salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli undan xalos bo‘lish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Xastalik erta aniqlanganda bemorning sog‘ayishi tezroq kechadi.

Ko‘pgina hollarda osteoxondrozni davolash konservativ usullar yordamida amalga oshiriladi. Shifokor tomonidan dori-darmonlar, kerakli mashqlar terapiyasi va boshqa usullarni o‘z ichiga olgan davolash turlari buyuriladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.