Iqtisodiyot

21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi

7 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar arzonlashgan, 9 xil mahsulot bahosi o‘zgarmagan, 5 turdagi mahsulot narxlari esa qimmatlashgan.

21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi

 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023 yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi. 

 

Monitoring natijalari 7 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganini ko‘rsatdi. Masalan, qizil sabzi narxi 42,1 foiz, limonning narxi 39 foiz, oq karamning narxi 16,7 foiz, sutning narxi 14,9 foiz, banan narxi 12,3 foiz, kungaboqar yog‘i narxi 9,7 foiz, kartoshka narxi 6,4 foizga pasaygan.

 

9 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida guruch, bug‘doy uni, shakar ham bor.

 

5 nomdagi mahsulot narxlari oshgan. Xususan, bodring va pomidor qimmatlashgan. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.

 

"Shuni taʼkidlash kerakki, xuddi shunday dinamika o‘tgan yili ham kuzatilgan, bu esa ushbu hodisaning takrorlanishi va uning bozor tendensiyalariga taʼsiridan dalolat beradi", — deyiladi MHTI xabarida.

 

Tahlil 12-oktabr va 9-noyabr kunlari o‘tkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilingan. 

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

21 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi | Zamon.uz