53 yoshli TikTok yulduzi, musiqachi va teleboshlovchi... — Argentinaning yangi prezidenti haqida nimalar maʼlum?

Zamon.uz Xaver Miley haqida maʼlumotlarni bir nuqtaga jamladi.

53 yoshli TikTok yulduzi, musiqachi va teleboshlovchi... — Argentinaning yangi prezidenti haqida nimalar maʼlum?

 

Argentinada o‘ng qanot "Ozodlik kelyapti" alyansi bir qismi bo‘lgan Libertarlar partiyasiga rahbarlik qiluvchi Xaver Miley prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.

 

Dastlabki natijalarga ko‘ra, u 56 foizga yaqin ovoz to‘plagan. 20 noyabr, dushanbaga o‘tar kechasi Mileyni saylovlardagi g‘alabasi bilan uning raqibi, «Vatan uchun ittifoq» hukmron koalitsiyasidan nomzod bo‘lgan Argentina iqtisodiyot vaziri Serxio Massa hamda bir qator Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari tabrikladi.

 

"Men Xaver Miley bilan bog‘lanib, uni tabrikladim va omad tiladim, chunki u argentinaliklarning ko‘pchiligi keyingi to‘rt yilga tanlagan prezident", — dedi Serxio Massa ovoz berishning rasmiy natijalari eʼlon qilinishidan oldin. 

 

Mileyning ulkan vaʼdalari

 

53 yoshli TikTok yulduzi, musiqachi, iqtisodchi va teleboshlovchi o‘zining g‘alati uslubi va munozarali bayonotlari tufayli AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro bilan taqqoslanadi. Xususan, u AQSH dollari uchun “kasal pesodan voz kechishga" chaqirgan va "inflyatsiya saratoni"ni tugatish uchun Markaziy bankni yoqib yuborishga vaʼda bergan.

 

AFPʼning eslashicha, Miley abortga, o‘qotar qurol olib yurishga qarshi chiqqan, Argentinaning asosiy savdo hamkorlari — Xitoy va Braziliya bilan aloqalarni uzishga vaʼda bergan. Shuningdek, u harbiy diktatura qurbonlari sonini shubha ostiga olgan va iqlim o‘zgarishiga inson faoliyati sabab bo‘lganini tan olmaydi.

 

Mileyni sobiq va amaldagi davlat rahbarlari tabrikladi

 

Ayni paytda, Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva X ijtimoiy tarmog‘i orqali Argentina yangi hukumatiga Miley ismini tilga olmay, "omad va muvaffaqiyat" tiladi.

 

"Braziliya argentinalik birodarlarimiz bilan hamkorlik qilish uchun doimo tayyor bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi prezident. 

 

Chili prezidenti Gabriel Borich Font ham X ijtimoiy tarmog‘ida Mileyga tabriklarni yetkazdi. Ammo Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Argentinadagi prezidentlik saylovlarida o‘ng qanot nomzodi g‘alabasidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirib, buni "Lotin Amerikasi uchun qayg‘uli voqea" deb atadi. 

 

"Neoliberalizm endi jamiyatga hech narsa taklif qila olmaydi, u insoniyatning dolzarb muammolariga javob bera olmaydi", — deb yozgan Petro X ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Ayni paytda, AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Miley bilan "juda faxrlanishini" aytdi. 2024 yilda AQSH prezidentligi uchun yana kurashmoqchi bo‘lgan respublikachi: "Siz o‘z mamlakatingizni rivojlantirasiz va Argentinani yana buyuk qilasiz", deb yozgan. 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev til bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva tabiatni asrash va unga mehr bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘usini yosh avlodga singdirish muhimligini ta’kidladi.

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

“Hech bir bola, hech bir oila o‘z dardi bilan yolg‘iz qolmasligi uchun, farovon kelajagi uchun birlashaylik!" — Ziroat Mirziyoyeva

Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkazilmoqda.

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Ta’limda psixologik nazorat kuchayadi: o‘quvchilar va pedagoglar har yili tekshiruvdan o‘tadi

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, ehtiyojga qarab psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Reklamalarda davlat tili talablari buzilmoqda: 4 496 ta kamchilik aniqlandi

Kamchiliklarning asosiy qismi boshqa tillarda yozilgan peshlavha va reklamalarga, shuningdek, imloviy xatolar hamda so‘zlar ma’nosining buzilishiga taalluqli.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Til bayrami kunida tarixiy qaror: O‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Hujjatga muvofiq, alifbodagi to‘rtta harfning yozilishi o‘zgartiriladi.

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

Netanyaxu Eronga zarbalarni qayta boshlamoqchi — FT

AQSh esa saylovlargacha keskin choralar ko'rishni istamayapti.