Iqtisodiyot

Hindiston O‘zbekistonda elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarishi mumkin

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Karnataka shtatida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Hindiston O‘zbekistonda elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarishi mumkin

 

“Dunyo” xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Bangalor shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida biznes-forum uyushtirildi. 

 

Samarali o‘tgan muloqotlar yakunida qator amaliy kelishuvlarga erishildi.

 

MAM Minerals kompaniyasi bilan hamkorlikda Peshku tumanida grafitni qayta ishlash va yuqori qiymatli, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (elektromobil akkumulyatorlari) ishlab chiqarish loyihasini hayotga tatbiq etish masalalari o‘rganildi. Hind kompaniyasining yaqin istiqbolda Buxoro viloyatidagi grafit konida tadqiqotlar olib borish uchun ishchi guruh yuborishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Online Instruments kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hududida zamonaviy axborot displeylari ishlab chiqarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Viloyatdagi maktablar va turli idoralarni mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan ana shu turdagi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash bo‘yicha hamfikrlik bildirildi. 

 

Dunyoning eng yirik dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilaridan biri sanalgan IBM kompaniyasining Karnataka shtatidagi bo‘linmasi bilan Qorako‘l tumanida tashkil etilayotgan Acharya-IT klasterida yoshlarni IBM sertifikati asosida o‘qitish, klaster negizida IBM kompaniyasining ofisi va laboratoriyasini tashkil qilishga kelishib olindi.

 

Delegatsiya safari doirasida Hindiston tadbirkorlari bilan Buxoro viloyatida turli sohalardagi loyihalarga qaratilgan 15 ta anglashuv memorandumi imzolandi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"