O'zbekiston

Kam taʼminlangan oilalarga 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Davlat byudjetida ijtimoiy sohaga yana bir qator muhim xarajatlar ko‘zda tutilmoqda.

Kam taʼminlangan oilalarga 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

 

Kecha, 20-noyabr kuni Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

 

 

Mazkur hujjat 2024 yil uchun O‘zbekiston byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan. Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi 2024 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz etib belgilangan bo‘lib, 2025-2026 yillarda bu ko‘rsatkichni 3 foizdan oshirmaslik nazarda tutilmoqda. 

 

Davlat byudjetida ijtimoiy sohaga yana bir qator muhim xarajatlar ko‘zda tutilmoqda. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar to‘lash uchun 10 trln so‘mdan ortiq, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalarga nafaqalar to‘lash uchun 3,6 trln so‘mdan ortiq, mehnatga layoqatsiz va zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqalar uchun esa 2,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

 

O‘zXDP fraksiyasi aʼzolarining taʼkidlashicha, ushbu xarajatlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

 

Fraksiya aʼzolari kun tartibidagi masalalar yuzasidan keltirilgan raqamlar, taqdim etilgan maʼlumotlar, savol-javoblardan kelib chiqib, kelgusi yil uchun davlat byudjeti loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kam taʼminlangan oilalarga 10 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi | Zamon.uz