Jahon

Amazon kompaniyasi Gollandiya qamoqxonasida noodatiy ofis ochdi

Endi kameralar o‘rnida ish xonalari, umumiy sayr joyida oshxona va dam olish maydonlari mavjud.

Amazon kompaniyasi Gollandiya qamoqxonasida noodatiy ofis ochdi

 

 

Amazon 100 yildan ortiq vaqt davomida qamoqxona sifatida foydalanilgan “Prison de Koepel” yoki “Garlem gumbazi qamoqxonasi”ning binosini yangi ofisiga aylantirdi. 

 

Endi kameralar o‘rnida ish xonalari, umumiy sayr joyida oshxona va dam olish uchun maydonlar mavjud. 

 

Binoning boshqa qismlarida esa ekskursiyalarga mo‘ljallangan hudud va talabalar uchun o‘quv binolari joylashgan.

 

 

“Biz tadbirkorlar va talabalar ishtirokida texnologik shaharcha quryapmiz. Lekin siz yerto‘lada kino yoki yakshanba kuni konsert tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin”, — deydi yangi ofisni nazorat qiluvchi Cupola XC kompaniyasi direktori Valeri Vallenduk.

 

Qamoqxona gumbaz shaklidagi bino bo‘lib, markaziy maydonga qaragan bir necha qavatli kameralardan iborat. Odatiy "zona"lardan farqli o‘laroq, “de Koepel”ning qo‘riqchi minorasi gumbazning markazida emas, balki yon tomonida joylashgan.

 

 

Ma’lumot o'rnida: qamoqxona 1901-yilda ochilgan. Unda 100 yildan ko‘proq vaqt davomida mahkumlar saqlangan va 2016-yilga kelib yopilgan. Shundan so‘ng qisqa muddat Garlem shahriga kelgan suriyalik muhojirlar uchun boshpana sifatida foydalanilgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Amazon kompaniyasi Gollandiya qamoqxonasida noodatiy ofis ochdi | Zamon.uz