Ishdan bo‘shatilgan Altman Open AI bosh direktori lavozimiga qaytadi
Hozirda kelishuv tafsilotlari ishlab chiqilmoqda.

"Biz Sem Altman Open AI‘ga Bosh direktor sifatida Brat Teylor (rais), Larri Summers va Adam D‘Angelo tomonidan taqdim etilgan yangi boshqaruv kengashi bilan qaytishi haqida prinsipial kelishuvga erishdik", — deya maʼlum qildi kompaniya.
Hozirda kelishuv tafsilotlari ishlab chiqilmoqda.
O‘tgan hafta Open AI Sem Altmanning bosh direktor lavozimidan isteʼfoga chiqishini eʼlon qilgandi. Shundan so‘ng, kompaniyaning 500 xodimi, agar Open AI Altmanni ishini qayta tiklamasa, Microsoft‘ga ketish bilan tahdid qilgandi.







