O‘zbekiston Xitoyga 10 oyda 454,44 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan
Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobar kam.

Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi bergan maʼlumotga ko‘ra, hisobot davrida Xitoyga tabiiy gaz eksport qilgan davlatlar ro‘yxatida Turkmaniston birinchilikni egallab turibdi. Yanvar-oktyabr oylarida Turkmanistondan Xitoyga gaz yetkazib berish o‘tgan yilgidan 2 foizga oshib, 8,07 milliard dollarga yetgan.
Ikkinchi o‘rinda Rossiya 5,36 milliard dollar (o‘sish – 73 foiz;
Uchinchi o‘rinda Myanma 1,23 milliard dollar (o‘sish – 10 foiz) turadi.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston 1,08 milliard dollar (o‘sish – 7 foiz) bormoqda.
XXR Davlat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, hisobot davrida respublika xorijdan 96,51 million tonna tabiiy gaz sotib olgan, bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 8,8 foizga ko‘p.
Mahalliy ishlab chiqarish hajmi esa 189,6 milliard kub metr (neft ekvivalentida 170,64 mln. tonna)ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga o‘sish qayd etilgan.







