Iqtisodiyot

Toshkentda uy-joy uchun ijara narxlari arzonladi

Poytaxtda ijara narxlari o‘rtacha taʼmirlagan xonadonlar uchun 6-14 foizgacha, to‘liq taʼmirlangan uylar uchun esa 6-16 foizgacha tushgan.

Toshkentda uy-joy uchun ijara narxlari arzonladi

 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun ijara narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi

 

Joriy yilning o‘tgan oyida poytaxtda barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan.  

 

O‘rtacha taʼmirlagan xonadonlar uchun ijara narxlari 6-14 foizgacha pasaygan.

 

Bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 370 dollardan 348 dollarga (5,9 foizga) tushgan bo‘lsa, ikki xonali xonadonlar uchun 474 dollardan 437 dollarga (7,8 foiz), uch xonali xonadonlar uchun 611 dollardan 526 dollarga (13,9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar uchun 729 dollardan 633 dollarga (13,2 foiz) arzonlashgan.

 

To‘liq taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 6-16 foizgacha arzonlashgan. 

 

Xususan, ushbu turdagi bir xonali xonadon uchun o‘rtacha ijara narxi 557 dollardan 508 dollarga (8,8 foizga), ikki xonali xonadonlar 695 dollardan 651dollarga (6,3 foiz), uch xonali xonadonlar 867 dollardan 790 dollarga (8,9 foiz), to‘rt xonali xonadonlar 1102 dollardan 930 dollarga (15,6 foiz) tushgan.

 

“2022 yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining ko‘payishi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘tgan yilning sentyabr-oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi”, — deyiladi xabarda.  

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"