Xalqaro kinofestivalda yana bir o‘zbek filmi Gran-prini qo‘lga kiritdi
Qirg‘izistonda “Aytmatov va kino” I xalqaro kinofestivali o‘tkazildi.

Qirg‘izistonda “Aytmatov va kino” I xalqaro kinofestivali o‘tkazildi. Unda bir guruh kinoijodkorlarimiz ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, ushbu agentlik buyurtmasiga ko‘ra rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” badiiy filmi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritdi.
Maʼlumot uchun, “Yakshanba” filmi XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Markaziy Osiyo filmlari tanlovida "Eng yaxshi film" deb topilgan edi. Shuningdek, film Shanxay xalqaro kinofestivalida "Osiyoning yangi iqtidorlari" nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lgan.







