O'zbekiston

Qizini kaltaklagan mast ona reabilitatsiya markaziga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ayol muqaddam sudlangan va doimiy ravishda spirtli ichimliklar isteʼmol qiladi.

Qizini kaltaklagan mast ona reabilitatsiya markaziga joylashtirildi

Kecha, 22-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida mast ayol qizini kaltaklagani aks etgan videolar tarqalgandi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

O‘rganish ishlari davomida fuqaro V.A. turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamasligi, doimiy ravishda spirtli ichimlik isteʼmol qilishi, doimiy ish joyiga ega bo‘lmaganligi sababli Toshkent shahridagi bir qator tumanlarda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning egalari bilan kelishib, uy yo‘laklarini tozalab kunlik daromad topishi aniqlangan.

 

Hozirgi kunda fuqaro V.A. Toshkent shahar ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan. voyaga yetmagan V.I Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, psixolog va pedagoglar tomonidan uning ruhiy holatini yaxshilash yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qizini kaltaklagan mast ona reabilitatsiya markaziga joylashtirildi | Zamon.uz