Samarqandda "Open byudjet"da g‘olib bo‘lgan maktab devori qulab tushdi
Maʼlum qilinishicha, quruvchilar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan.

Samarqand shahrida maktab devori o‘quvchini bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi 5-umumtaʼlim maktabi "Open byudjet" tanlovida g‘olib bo‘lib, 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ yutib olgan. O‘rganish davomida maktab hududida qurilish ishlarini boshlagan quruvchi tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilmaganligi aniqlangan va viloyat Qurilish boshqarmasiga holat yuzasidan xat chiqarilgan.
Shuningdek, quruvchidan o‘z vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilmaganligi uchun maktab direktoriga salomatligi tiklash taʼtilidan ishga qaytgandan so‘ng (ayni paytda salomatligini tiklash taʼtilida) qonun doirasida choralar ko‘rilishi maʼlum qilingan.







