Salomatlik

Xitoyda bolalar o‘rtasida nomaʼlum xavfli kasallik tarqaldi

Mamlakat shimolidagi kasalxonalar bolalar bilan to‘lib ketgani aytilmoqda.

Xitoyda bolalar o‘rtasida nomaʼlum xavfli kasallik tarqaldi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan bolalarda nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida qo‘shimcha maʼlumot so‘radi.

 

JSST matbuot xizmati Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi 13-sentabr kuni Xitoyda respirator kasalliklar bilan kasallanish holatlari ko‘paygani haqida xabar berganini eslatdi. Keyin Xitoy rasmiylari buni antikovid cheklovlari olib tashlanishi va maʼlum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohladi.

 

"JSST Xitoyga respirator kasalliklar va bolalarda pnevmoniya epidemiyalari ko‘payishi haqida batafsil maʼlumot berish uchun rasmiy so‘rov yubordi", — deyiladi tashkilot bayonotida.

 

Kuni kecha The Telegraph nashri Xitoy shimolidagi bolalarda nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida ProMed (dunyo bo‘ylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy kasalxonalari "kasal bolalar bilan to‘lib ketgan" va epidemiya Pekin kabi yirik shaharlarga tarqalib bo‘lgan.

 

The Telegraph taʼkidlaganidek, aynan ProMedning 2019-yil dekabr oyi oxiridagi ogohlantirishi ko‘plab shifokorlar va olimlarning eʼtiborini ilgari nomaʼlum bo‘lgan, keyinchalik Sars-Cov-2 (COVID-19) deb ataladigan virusga qaratgandi.

 

Tayvanning FTV News telekanali ham Pekin va Liaoning kasalxonalari kasal bolalar bilan to‘lib ketgani haqida xabar beradi.

 

"Ular yo‘talmaydi va hech qanday alomat yo‘q. Ularda shunchaki yuqori harorat (isitma) bor, ko‘pchilikning o‘pkasida tugunlar paydo bo‘ladi", — dedi nashrga poytaxtliklardan biri.

 

Pekinlik yana bir fuqaroning aytishicha, endi shamollash belgilari bilan maktablarga kelish taqiqlangan va sodir bo‘layotgan barcha hodisalar "davlat siri"dir.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"