O'zbekiston

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

Toshkentdagi sessiyada giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, mintaqaviy hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.

Toshkent xalqaro muloqot maydoniga aylanadi: BMT sessiyasi o‘tkaziladi

 

2026-yil 15–18-dekabr kunlari Toshkent shahrida BMTning Yaqin va O‘rta Sharqda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi va u bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasining 58-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Sessiyaga tayyorgarlik va uni tashkil etish masalalari O‘zbekiston elchixonasi diplomatlarining BMT Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi rahbar organlari kotibiyati rahbari Jo Dedeyn-Amann bilan uchrashuvida muhokama qilingan.

 

Mazkur kichik qo‘mita BMTning Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiyasining mintaqaviy yordamchi organi hisoblanadi. Uning tashkil etilishi 1973-yilda BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi tomonidan ma’qullangan. Hozirda qo‘mita tarkibiga O‘zbekiston bilan birga 23 ta davlat kiradi.

 

Tashkilotning asosiy vazifalari giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, ma’lumot va tajriba almashish hamda narkojinoyatchilikka qarshi kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.

 

Toshkentdagi sessiyada a’zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Uchrashuvda mintaqadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, transmilliy tahdidlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirish va amaliy chora-tadbirlarni belgilash rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston uchun tadbir mezbonligi mamlakatning xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish sohasidagi tajribasi va tashabbuslarini taqdim etish imkonini beradi.

 

Bu jarayon O‘zbekistonning 2031-yilda BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov masalalari bo‘yicha 16-kongressiga mezbonlik qilishga tayyorgarligi bilan ham bog‘liq. Mazkur tashabbus 2026-yil 26-sentabr – 1-oktyabr kunlari Abu-Dabida o‘tkazilgan 15-kongress ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va navbatdagi kongressni O‘zbekistonda o‘tkazish tasdiqlangan.

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Dron orqali aniqlangan qonunbuzilish: Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish to‘xtatildi

Mutaxassislar tomonidan tabiatga yetkazilgan zarar 8,9 milliard so‘mga baholandi.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

Bankomatlardan pul yechish bilan bog‘liq nizolarni xolisona ko‘rib chiqish bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlariga talablar eslatildi.

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.