O'zbekiston

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

U fuqarolarga bergan qarzidan 10 baravar ko‘p pul talab qilganlikda gumonlanmoqda.

1000 dollar qarz, 10 ming dollarlik tilxat: Toshkent viloyatida gumonlanuvchi qamoqqa olindi

 

Toshkent viloyatida fuqarolarga qarz berib, amalda berilgan mablag‘dan 10 baravar ko‘p summa ko‘rsatilgan tilxat yozdirish orqali pul undirishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik oyligining uchinchi bosqichi doirasida aniqlangan. Gumonlanuvchi 1978-yilda Olmaliq shahrida tug‘ilgan Kim Pavel Leonidovich ekani aniqlangan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u fuqarolarga o‘z hisobidan qarz berib, haqiqatda berilgan mablag‘dan 10 baravar ko‘p summa ko‘rsatilgan tilxat yozdirib olgan. Jumladan, bir fuqaroga 1 ming dollar qarz berib, undan 10 ming dollar olgani haqida tilxat rasmiylashtirgan.

 

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, gumonlanuvchi ushbu tilxat asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilgan va pul undirish haqida hal qiluv qarorlari chiqarilishiga erishgan. Natijada ayrim fuqarolarning oylik ish haqidan pul undirilgan.

 

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining yashash xonadoni va ish ofisi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqarolarga tegishli 100 ga yaqin tilxat, 55 ta uy-joyning kadastr hujjati, bitta pnevmatik qurol hamda Majburiy ijro byurosining qariyb 50 nafar fuqarodan pul undirishga oid hujjatlari topilgan.

 

Hozirga qadar Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasiga mazkur shaxsdan jabr ko‘rganini bildirgan 65 nafar fuqaro murojaat qilgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 188-moddasi 1-qismi hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

“Muvaffaqiyatli” operatsiya har doim ham pul berilganini anglatmaydi — Markaziy bank

Bankomatlardan pul yechish bilan bog‘liq nizolarni xolisona ko‘rib chiqish bo‘yicha banklar va to‘lov tashkilotlariga talablar eslatildi.

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Rejali ta’mirlash ishlari: Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Hududlarda elektr tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish sababli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.