Andijonda hokim yordamchisi qo‘lga olindi
U 44 ta xonadonga imtiyozli narxda ko‘mir ajratishni va’da qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jalaquduq tumani hokimi yordamchisi D.I. kuz-qish mavsumida ko‘mir yonilg‘isi yetkazib berilishini nazorat qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida tuman ko‘mir omboriga nazorat uchun mas’ul etib biriktirilganligidan foydalangan.
Shuningdek, hududdagi 44 ta xonadon uchun 38,1 tonna ko‘mirni imtiyozli narxda ajratib berishi evaziga “U.K.” MFY faoli M.A.dan 600 AQSH dollari pora talab qilib, ushbu pullar hisobidan 7 mln so‘mni ko‘mir ombori hududida o‘zining boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







