Isroil — HAMAS o‘rtasidagi sulh uzaytirilishi mumkin
Bu bo‘yicha muzokara olib borilayotgani aytildi.

Qatar delegatsiyasi hozirda Isroilda bo‘lib, amaldagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Joriy qilingan vaqtinchalik sulh juma kuni boshlangan va to‘rt kun davom etishi kutilyapti. HAMAS Isroil tomonidan ozod qilingan 150 nafar falastinlik mahbus evaziga 50 nafar garovdagini ozod qilishi kerak.
Diplomatik manbalarning taʼkidlashicha, muddatni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda jadallik bor.







