O'zbekiston

Isteʼmol uchun xavfli mahsulotlar ishlab chiqarganlar 12 yilgacha qamaladi

Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, isteʼmolchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoxud o‘tkazganlik, ishlarni bajarganlik yoki xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga ayni mazmundagi o‘zgartirish kiritilgan. Ilgani bunday jinoyat uchun faqat jarima, majburiy jamoat yoxud axloq tuzatish ishlari jazolari berilishi ko‘zda tutilgandi.

Qonunga muvofiq isteʼmol uchun xavfli mahsulotlar juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilsa yoxud:

  • badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;

  • bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib amalga oshirilsa;

  • takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Xuddi shu harakatlar:

  • odam o‘lishiga sabab bo‘lsa 5 yildan 7 yilgacha (ilgari 3 yildan 7 yilgacha edi) ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.

Ushbu harakatlar:

  • odamlar o‘limiga;

  • boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha (ilgari 7 yildan 10 yilgacha edi) ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Isteʼmol uchun xavfli mahsulotlar ishlab chiqarganlar 12 yilgacha qamaladi | Zamon.uz