Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berishi mumkin

Elektr taʼminoti Kaspiy — Qora dengiz — Yevropa yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshiriladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berishi mumkin

 

O‘zbekiston va Qozog‘iston Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha “yashil” energetika yo‘lagiga qo‘shilishdan manfaatdor. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

22-noyabr kuni Ozarbayjon Energetika vazirligi rahbari Parviz Shahbozov va Vengriya TIV rahbari Peter Siyyarto Yevropa davlatlariga elektr energiyasi eksporti masalasini muhokama qildi. 

 

Xususan, Kaspiy-Qora dengiz-Yevropa energiya koridori bo‘ylab elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan. 

 

Tomonlar, shuningdek, energetika sohasidagi hamkorlik Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Vengriya orqali o‘tadigan ko‘prik yaratishini taʼkidladi. 

 

14 noyabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon vakillari Bokuda ekologik toza elektr energiyasini mamlakatlar hududlari orqali uchinchi davlat isteʼmolchilariga o‘tkazish loyihasini muhokama qildi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyodan Yevropaga elektr energiyasini eksport qilishga kelishib oldi. 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"