Turkiyaning 44 ta viloyatida “to‘q sariq” xavf darajasi eʼlon qilindi
Kuchli bo‘ron va yomg‘ir tufayli dengiz qirg‘oqlaridan chiqib, bir qator shaharlarni suv bosgan.


Turkiyada Egey va O‘rta yer dengizlari kanoridan oshdi, natijada Izmir va Antaliya kabi yirik shaharlar suv ostida qoldi.
Izmirda, Karshiyaka va Konak tumanlarida banklar, bog‘lar, yo‘llar, idoralar, ko‘p qavatli uylar va do‘konlar suv ostida qoldi. Antaliyada yomg‘ir yog‘moqda. Bo‘ron tufayli parom qatnovlari bekor qilindi.

Alsanjak va Kordon hududlarida qutqaruvchilar qayiqlarda suv bosgan kafelarga tashrif buyuruvchilarni evakuatsiya qilishdi. Mavishehirda sirenalar aholini suv toshqini xavfi haqida ogohlantirdi. Baʼzi odamlar yer osti garajlaridan mashinalarini olib chiqishga harakat qilmoqda.
Istanbulda havo harorati +8 darajagacha tushib ketdi. Sabiha Go‘kchen aeroportida parvozlarning 15 foizi kechiktirildi. Turkiya hukumati noqulay ob-havo tufayli 64 provinsiyada “to‘q sariq” va “sariq” favqulodda holat darajalarni eʼlon qildi.








