Vahimaga o‘rin yo‘q: “Xumo arena”dagi konsertda pichoqbozlik bo‘lmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo'yicha IIBB rasmiy ma'lumot berdi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni “Xumo arena” majmuasiga konsertga kelgan fuqarolar konsertga kirishda tartibsizlik yuzaga kelgan edi, mazkur holat Milliy gvardiya va Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, og‘ir oqibatdan sodir bo‘lishining oldi olingan.
Lekin ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu tartibsizlik jarayonida go‘yoki bir nechta fuqarolar jarohat olgani va vafot etganligi haqida asoslanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmoqda. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida ushbu holatda birorta fuqaro jarohat olganligi va vafot etganligi haqida xabar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.
Ushbu konsert dasturiga kirish uchun fuqarolarga soxta bilet sotilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.







