Jahon

Hindiston: harbiylar tunnelda qolib ketgan ishchilarni qutqarmoqda

Uttarakxand shtatida 15 kun davomida qulagan tunnel ostida qolib ketgan 40 dan ortiq ishchini qutqarish operatsiyasiga armiya qo‘shildi.

Hindiston: harbiylar tunnelda qolib ketgan ishchilarni qutqarmoqda

 

AQSH tomonidan yetkazib berilgan ulkan Burg‘ulash qurilmasi ishdan chiqqach, tunnel vayronalari ostida qolib ketgan hindistonlik ishchilarni qutqarish uchun harbiy muhandislarning yordami zarur bo‘ldi. 

 

Hindistonning Uttarakxand shtatida 15 kun davomida qulagan tunnel ostida qolib ketgan 40 dan ortiq ishchini qutqarish operatsiyasiga armiya qo‘shildi.

 

NDTV telekanalining 26 noyabr, yakshanba kuni xabar berishicha, 24 noyabr kuni AQSHdan olib kelingan yirik Burg‘ulash qurilmasi ishdan chiqqach, harbiylarni jalb qilishga to‘g‘ri kelgan.

 

Qutqaruvchilar Burg‘ulash mashinasi yordamida jabrlanganlarga yetib borish uchun 60 metr uzunlikdagi chuqur qazishga harakat qilishgan. Obyektgacha qolgan 10 metr masofa endi harbiy muhandislar tomonidan qo‘lda burg‘ulanadi. Kuzatuvchilar Rojdestvo arafasida ishchilar vayronalar ostidan chiqarilmasligini taxmin qilmoqda.

 

“Bu operatsiya uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Tog‘larda ishlaganda hamma narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Biz hech qachon muddat haqida gapirmaganmiz”, — dedi Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi vakili Sayid Ata Hasnain.

 

Qutqaruvchilar maxsus burg‘ulangan quduq orqali ishchilar bilan aloqa o‘rnatgan. Bu orqali ularga oziq-ovqat va dori-darmonlar yuborilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda qulagan tunnel ostida 40 nafar ishchi qolib ketgandi. Keyinroq maʼlum qilinishicha, qutqaruvchilar qulagan tunnel ichidagi 41 nafar ishchiga yetib borish uchun vayronalarning yarmini burg‘ulagandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindiston: harbiylar tunnelda qolib ketgan ishchilarni qutqarmoqda | Zamon.uz