O'zbekiston

Qoidabuzar haydovchilarga qarshi jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Qoidabuzar haydovchilarga qarshi jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi

 

Unda «Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

 

Majlisda taʼkidlanganidek, ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik natijasida yo‘l-transport hodisalari soni ortib bormoqda. Jumladan, transport vositasini mastlik holatda boshqarish bilan haydovchi o‘zining harakatini anglay olmasligi oqibatida og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda.

 

Ayrim haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga bepisandlik bilan qarash, transport boshqarish madaniyatiga rioya qilmaslik, yo‘l harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan hurmatsizlik, transport vositasini keskin boshqarish hamda boshqa harakatlarda ifodalanadigan «agressiv boshqarish» holatlari ko‘paymoqda.

 

Qonun loyihasi bilan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan shaxs tomonidan transport vositasini takroran boshqarish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Transport vositasi haydovchilari tomonidan doimiy ravishda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari hisoblash tizimini joriy etish ham belgilanmoqda. Yaʼni, ushbu norma bilan hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o‘n ikki balldan oshgan hollarda oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘shimcha jazo tariqasida haydovchini transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinish tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

 

Mazkur tartibga muvofiq, haydovchi bir yil davomida yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etish yo‘li bilan belgilangan miqdordagi jarima ballarini to‘plagan taqdirda unga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosi qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanishi belgilanmoqda.

 

Majlisda taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini sudlar tomonidan qo‘llanishini inobatga olib, yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganlik uchun maʼmuriy jazosini jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llash tartibi ham taklif qilinmoqda.

 

Bundan tashqari, siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida ishlaydigan transport vositalar bilan bog‘liq hodisalar bo‘yicha alohida moddalar bilan maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoidabuzar haydovchilarga qarshi jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi | Zamon.uz