O'zbekiston

Joriy yilda 32 mingdan ziyod xotin-qiz davlat himoyasiga olindi

Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

Joriy yilda 32 mingdan ziyod xotin-qiz davlat himoyasiga olindi

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

 

14 296 ta oilani yarashtirishga, 16 843 ta nizoni bartaraf etishga erishilgan. Nizo bartaraf etilmagan 1 444 ta oilada zo‘ravon shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

8 527 ta himoya orderlari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

Joriy yilning 10 oyi davomida 41 583 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Joylarda ajrimlarning oldini olish maqsadida mahallalarda “Nizoli oilalar bilan individual ishlash tartibi” joriy etildi.

 

Jamoatchilik vakillari xamkorlikda nizoli oilalar bilan yakka  tartibda ishlash orqali 24 193 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardan 20 265 nafari yarashtirildi. 

 

"Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" tomonidan 2023 yilning 10 oyi davomida 90 336 nafar  ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Joriy yilda 32 mingdan ziyod xotin-qiz davlat himoyasiga olindi | Zamon.uz