Qozog‘istondagi yong‘inda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Bosh vazir Alixan Smailovning topshirig‘i bilan hukumat komissiyasi tuzilgani aytilmoqda.

Bugun, 30 noyabr kuni Olmaotada yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar orasida ikki o‘zbekistonlik borligi aniqlandi.
Bu haqda Olmaota polisiya departamenti matbuot xizmati xabar bergan.
"Vafot etganlardan to‘rt nafari xorijlik (ikki nafari Rossiya Federatsiyasi, ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi), yana 9 nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarolaridir. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi", — deyiladi xabarda.
Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari boshlandi, bundan tashqari Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailovning topshirig‘i bilan hukumat komissiyasi tuzilgan.







