Hindistonda kimyo zavodi portladi, 7 kishi halok bo‘ldi
Shuningdek, 20 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Hindistonning Surat shahridagi Aether Industrieskimyo zavodida yuz bergan portlashida 7 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohatlandi.
Portlash chorshanba kuni ertalab favqulodda vaziyat natijasida sodir bo‘lgan, yong‘in o‘chirilgan.
Portlash sabablari hali aniqlanmagan.
24 nafar jarohatlangan ishchi kasalxonaga yotqizilgan.
Yong‘in haqidagi xabar chorshanba kuni Aether Industries aksiyalarining 8,4 foizga, payshanba kuni esa 1,9 foizga tushishiga sabab bo‘ldi.







