Fransiya aholisining 67 foizi Makron siyosatini maʼqullamaydi
Le Figaro nashri uchun o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga ko‘ra izoh berdi.

“Prezidentlikka qayta saylanganidan 18 oy o‘tib, Makron fransuzlar ishonchini qozona olmadi. Ular prezident fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolarni hal qila olishiga ishonmayaptilar”, — deyiladi Le Figaro nashrida.
Jurnalistlarning qayd etishicha, Makron hozirda yolg‘izlanib qolgan. Respublikachilar davlat rahbarining harakatlarini umuman qo‘llab-quvvatlamaydi. Ularning 66 foizi siyosatchiga ishonmayman, deb javob bergan.
2017 yildagi birinchi prezidentlik muddati boshida Makronni aholining 50 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 2023 yil dekabrida u atigi 28 foizni qo‘lga kiritdi.
Mamlakat bosh vaziri Elizabet Bornning reytingi esa 30 foizdan 26 foizga tushib ketdi. Sobiq bosh vazir Eduard Filippni esa respondentlarning 43 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Keyingi o‘rinda Taʼlim vazirligi rahbari Gabriyel Attal bormoqda. Unga ishtirokchilarning 37 foiz ovoz bergan.







