Toshkentda avtobus yo‘lagida yurgan mashinalarga jarima qo‘llash boshlandi
YHXX haydovchilarni jarimadan ogohlantirdi.

Toshkentda avtobus uchun alohida ajratilgan yo‘laklardan harakat qilgan avtomobillarga jarima qo‘llash boshlandi.
Yo‘nalishli transport vositalarining harakati uchun mo‘ljallangan (“A” harfi chizilgan) tasmalarga sababsiz o‘tib to‘xtagan, harakatlangan, avtobuslarning harakatiga xalaqit bergan, qoldirib ketilgan transport vositalarini maxsus kameralar qayd etishni boshladi.
Qoidani buzganlarga nisbatan belgilangan tartibda jarima qo‘llanmoqda.







