Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida kamida 11 sayyoh halok bo‘ldi
Hozirgacha 12 kishi bedarak yo‘qolgan.

Kecha faollashgan vulqon kuli 3000 metrgacha ko‘tarilgan. Hozirgacha 12 kishi bedarak yo‘qolgan.
Hukumat vulqon krateriga 3 km.dan yaqinroq borishni taqiqlab qo‘ydi. Biroq bu kraterga xavfli masofada yaqin bo‘lgan sayyohlarga yordam bermadi.
Qutqaruv xizmatlari maʼlumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat boshlanganda vulqon hududida jami 75 alpinist bo‘lgan. Ulardan 49 tasi evakuatsiya qilingan.
2891 metr balandlikda otilayotgan vulqon atrofida qutqaruvchilar uch kilometrlik xavfsiz zonani o‘rnatdi. Mintaqada portlash sabab Indoneziyaning to‘rt darajali tizimi bo‘yicha ikkinchi darajadagi xavf eʼlon qilingan.







