Noyob tanga auksionda 8,6 ming dollarga sotildi
Britaniya Royal Mint auksionida oltin kolleksiya tangasi 8,6 ming dollarga sotildi.

Britaniya Royal Mint auksionida oltin kolleksiya tangasi 8,6 ming dollarga sotildi.
Noyob tangalar partiyasi 14 yil oldin 629 dona miqdorida zarb qilingan va Qirollik botanika bog‘i, Kew Gardens‘ning 250 yilligiga bag‘ishlangan. Old tomonida qirollik saroyi arxitektori Uilyam Chembers loyihasi bo‘yicha 1761—1762 yillarda qurilgan Buyuk Pagoda tasviri tushirilgan.
Auksionda og‘irligi bir kilogrammga yaqin bo‘lgan “Qirolichaning hayvonlari” oltin tangasining "omadi chopmadi". Uning dastlabki qiymati deyarli 112 ming dollarni tashkil etdi. Unda qirolicha Yelizaveta II turli xil haqiqiy va afsonaviy hayvonlar bilan o‘ralgan holda tasvirlangan.







