O'zbekiston

Bo‘kada tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 8,5 yilgacha qamaldi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tergovga jalb qilingan gumondor — 36 yoshli fuqaroga qiynoq qo‘llanib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan 4 nafar IIB xodimi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Bo‘kada tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 8,5 yilgacha qamaldi

 

2023 yilning 3 iyun kuni Yuqori Chirchiq tumanida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro bir qator o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etishda gumonlanib, protsessual tartibda ushlangan hamda Bo‘ka tumani IIBdagi “Fuqarolarni vaqtincha saqlash xonasi”ga joylashtirilgan. Shu kuni soat 23:30da gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmati chaqirtirilib, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.

 

Aniqlanishicha, 3 iyun kuni soat taxminan 22:00 da gumonlanuvchi Bo‘ka tumani Jinoyat qidiruv bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan protsessual tartib buzilgan tarzda maxsus so‘rov xonasiga emas, balki xizmat xonasiga olib chiqilib, u bilan boshqa jinoyatga aloqadorligi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilgan. Jarayonda fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, keyinchalik o‘limi yuz bergan. Tayinlangan birlamchi sud-tibbiy ekspertizasining tashxisiga ko‘ra fuqaroning tanasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqeaga aloqador bo‘lgan 2 nafar tezkor xodim hibsga olingan.

 

Mazkur ish ortidan xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan bir qator IIB masʼullari lavozimdan olingan. Bundan tashqari, mazkur salbiy holatga aloqador bo‘lgan tezkor xodimlar ichki ishlar organlari tizimidan bo‘shatilgan.

 

Dastlabki ekspertiza xulosalari IIB xodimlari marhumning qorin sohasiga urgani va bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynaganini ko‘rsatgan.

 

Maʼlumotda keltirilishicha, marhumda ko‘krak qafasi chap tomonlama 5-qovurg‘aning to‘sh sohasiga birikib, yopiq sinishi, atrof to‘qimalariga qon quyilishi, qorin parda osti, ingichka ichak va ichak tutqichlariga ko‘p miqdorda qon quyilishlari, bo‘yinning qalqonsimon tog‘ay va til osti suyagi sohalari to‘qimalariga qon quyilishi kabi jarohatlar aniqlangan. 

 

2023 yilning 1 dekbar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumani sudida IIB xodimlariga hukm o‘qildi.

 

Hukmda ko‘rinishicha, fuqaroning o‘limida 4 nafar xodim aybdor deb topilgan. Ular Bo‘ka tumani IIB JQB boshlig‘i bo‘lgan 37 yoshli J.S., bo‘limning tezkor vakillari – 38 yoshli D.J. hamda 31 yoshli Sh.G‘., shuningdek, Bo‘ka tumani IIB profilaktika inspektori, 31 yoshli S. T.

 

Hukmda J.S., D.J., Sh.G‘. va S.T. sudda ularga nisbatan eʼlon qilingan aybga iqror bo‘lmagani, ammo ularning mazkur jinoyatni sodir etganlikdagi ayblari sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza xulosalari bilan o‘z tasdig‘ini topgani yoziladi. 

 

Sud hukmi bilan J.S.ga 7 yil, D.J. va Sh.G‘.ga 8 yil 6 oydan va S.T.ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, sudlanuvchilarning barchasi 3 yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bo‘kada tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 8,5 yilgacha qamaldi | Zamon.uz