Barcha viloyatlarda “zapravka”lar ish vaqti qisqardi
Bu bo‘yicha vazirlik murojaat bilan chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikadagi метан zapravkalarida иш вақти соат tonggi 6:00 dan соат 15:00 ga qadar cheklanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
Energetika vazirligi va «Hududgaztaʼminot» AJning maʼlum qilishicha, mamlakatda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshgan. Bu esa, o‘z navbatida, aholi isteʼmolining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib kelgan.
7 – 16 dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari соат 6:00 dan соат 15:00 ga qadar ishlaydi.
Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi isteʼmolchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritilgan.







